Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh Ukrainada nima bo‘layotganini aniq bilmaydi
AQSh Ukrainada nima bo‘layotganini aniq bilmaydi, ammo buni aniqlash kerak, deya bayonot bergan Amerika rahbari Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Telekanal boshlovchisi Bill O'Reyli Trampga Ukrainada bo‘layotgan voqea-hodisalarning o‘z talqinini so‘zlab bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Trampning telefon orqali suhbatidan so‘ng, "Ukraina sharqidagi rossiyaparast kuchlar zo‘ravonliklarni kuchaytirgan". Shundan so‘ng, O'Reyli Trampga yuzlanib, buni haqoratdek qabul qilgani yoki yo‘qligiga qiziqqan.
"Yo‘q, qabul qilmadim, chunki biz u yerda nima bo‘layotganini aniq bilmaymiz. Ular ...parast kuchlar, biz aniq bilmaymiz, ular nazorat qilinayaptimi yoki yo‘qmi — shunaqasi ham bo‘lib turadi. Biz aniqlaymiz. Men taajjubda qolaman agar... ammo ko‘ramiz", — degan Tramp.
Oq uy ma'muriyati Amerika yetakchisining Ukraina prezidenti bilan telefon orqali muloqotidan so‘ng ma'lum qilishicha, Tramp Ukraina chegarasi hududida tinchlikni o‘rnatish maqsadida Rossiya, Ukraina va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish niyatida ekanini aytgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025