Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada hech kim ishlamaydigan bank bo‘linmasi ochildi
Bank of America vakili Enn Peys moliyaviy tashkilot yanvar oyida avtomatlashtirilgan va bironta xodim ishlamaydigan uchta bo‘linma ochganini xabar berdi, deb ma'lum qilmoqda Reuters.
Peysning ta'kidlashicha, mijozlar bu ofislarda nafaqat bankomatlardan foydalanishlari, balki kredit kartasiga buyurtma berishlari, ipoteka yoki avtokreditni rasmiylashtirishlari mumkin. Bank of America boshqa bo‘linmalarining xodimlari videoaloqa yordamida tashrif buyurganlarga yordam ko‘rsatib turishadi.
Bank vakilining ta'kidlashicha, hech kim ishlamaydigan ofislarni ishga tushirish sarf-xarajatlarni kamaytirish ishlari doirasida amalga oshirilgan. Peys so‘zlariga ko‘ra, Minneapolis (Minnesota shtati) va Denver (Kolorado shtati)da ochilgan ofislar hajmi xodimlar ishlaydigan oddiy filialning taxminan to‘rtdan bir qismiga teng.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025