Jamiyat | 21:22 / 09.02.2017
15278
2 daqiqa o‘qiladi

20 yoshli oltin baliqdan o‘simta olib tashlash uchun 250 dollar sarflandi

20 yoshli oltin baliq egalari unda shish paydo bo‘lganini sezishlari bilanoq mashhur veterinar Fayye Bezelga murojaat qilishdi. Shifokor Bob (baliq)dan o‘simtani olib tashlashi uchun 30 daqiqagina kifoya qildi. Mazkur jarrohlik amaliyoti uning egalariga 250 dollarga tushdi. Veterninarning so‘zlariga ko‘ra, Bobning egalari operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganidan juda quvonishgan. Oltin baliq ularning farzandlaridan ham katta bo‘lib, oilaning bir a'zosi hisoblanadi. Voredpanda nashri shu haqida ma'lum qildi va fotojamlanma bilan bo‘lishdi. 

Shifokor yurak urishini nazorat qiluvchi mini-monitordan foydalandi, baliqqa anesteziya berildi va mikro-jarrohlik jihozlarda operatsiya o‘tkazildi. 

"Bu murakkab operatsiya, chunki u juda kichik. Bu biz operatsiya qilgan eng yoshi ulug‘ baliqlardan biri", - deydi veterinar.

"Uy hayvonlarini asrovchi va ularga yordam beruvchi insonlarni ko‘rish juda yoqimli".

Baliq "oila" bag‘riga qaytgan va bir necha haftadan buyon erkin harakatlanmoqda.  

Mavzuga oid