Fan-texnika | 11:09 / 09.02.2017
3410
2 daqiqa o‘qiladi

Skoda kompaniyasining sobiq bosh dizayneri BMW dizayni bilan shug‘ullanadi

Foto: Motor.ru

Germaniyaning dunyoga mashhur BMW kompaniyasi o‘zining fuqarolar uchun modellari dizayni bilan shug‘ullanuvchi mutaxassisni tanladi. Bu lavozimga Skoda kompaniyasining sobiq bosh dizayneri Yozef Kaban loyiq ko‘rildi. U yangi vazifasida Karim Habib o‘rnini egallaydi.

M- va i-modellarining tashqi ko‘rinishlari bilan esa Domagoy Dukech shug‘ullanadi. U 2010 yildan buyon BMW kompaniyasida ishlaydi, bungacha ayrim modellarning ekstererlariga mas'ul bo‘lgan, xususan, BMW i bo‘limida faoliyat yuritgan.

Kaban ham, Dukech ham BMW kompaniyasiga qarashli barcha bo‘linmalarning bosh dizayneri Adrian van Xoydonkka bo‘ysunadi. 

Karim Habib 2012 yildan BMW shef-dizayneri bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, uning yangi ish joyi ham avtomobil sanoati bilan bog‘liq, ammo qaysi kompaniya ekani hozircha noma'lum. 

Yozef Kaban BMW kompaniyasiga qadar Volkswagen konserniga tegishli kompaniyalar modellarining dizayni bilan shug‘ullangan. Xususan, u Skoda Octavia, Kodiaq va Superb, Volkswagen Lupo hamda Bugatti Veyron modellari chizmasida ishtirok etgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid