Sport | 15:11 / 09.02.2017
13354
2 daqiqa o‘qiladi

Sobiq mashhur darvozabon Viktor Chanov vafot etdi

Sobiq ittifoqning mashhur futbol darvozaboni, hozirda Tulaning "Arsenal" klubi darvozabonlari murabbiyi Vyacheslav Chanovning ukasi Viktor Chanov 57 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda "R-Sport" nashri.

Sobiq ittifoqning 3 karra chempionining vafoti haqida uning yaqinlari ma'lum qilishgan. Futbolchi 8 fevralda hayotdan ko‘z yumgan. Chanovning vafoti sabablari ma'lum qilinmagan. Biroq internetdagi ma'lumotlarga ko‘ra, sobiq darvozabonning vafotiga 2017 yil 20 yanvarda noma'lum kimsalar tomonidan qilingan hujum oqibatida olgan bosh miya-chanoq jarohati sabab qilib ko‘rsatilgan.    

Viktor Chanov Donetskning "Shaxtyor" (1978-1981), Kiyevning "Dinamo" (1982-1990), Isroilning Xayfa shahridan "Makkabi" (1990-1993) va "Bney Iyegudu" (1993-1994) klublarida o‘ynagan. Bundan tashqari, Chanov Sobiq ittifoq terma jamoasi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushgan. Bu o‘yinlar orasida 1986 yilgi jahon chempionati va 1988 yilgi Yevropa chempionati final bosqichlaridagi o‘yinlar bor. Yevro-1988’da Sobiq ittifoq terma jamoasi finalgacha yetib borib, u yerda Gollandiya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergandi.     

1995 yilda Chanov murabbiylik faoliyatini boshlagan hamda Kiyevning TsSKA va "Dinamo" klublarida faoliyat yuritgan.

1986 yilda Sobiq Ittifoqda "Yil darvozaboni" deb topilgan. 1986 yilda Kiyevning "Dinamo" klubi safida Kubok egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan.  

Mavzuga oid