O‘zbekiston | 21:48 / 10.02.2017
49503
1 daqiqa o‘qiladi

Kun hazili: Alisher Usmonov O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida matbuot kotibi

Foto: UeroMag

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya  Federatsiyasidagi elchixonasi saytida elchixonaning yangi birinchi kotibi tayinlangani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. U matbuot bilan shug‘ullanadigan bo‘limga rahbarlik qiladi.

1News.uz saytining yozishicha, bu kelib chiqishiga ko‘ra o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor, Rossiyaning eng nufuzli oligarxlaridan biri Alisher Usmonovdir.

Lekin saytda Alisher Usmonov Burxonovich emas, Alisher Usmonov Hamidxonovich ismi sharifi keltirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida bergan intervyularidan birida Alisher Usmonov O‘zbekistonga foyda beradigan barcha narsani qilishga tayyorligi haqida aytib o‘tgandi.

U O‘zbekistonning soliq rezidentiga aylanishga tayyorligini ma'lum qildi, shuningdek, mamlakatdagi loyihalarga investitsiya kiritish va bu yerda xayriya jamg‘armasi tashkil qilish niyati haqida gapirib bergandi.

Mavzuga oid