Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Lukoyl" O‘zbekistonda 50 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasini barpo qiladi
"Lukoyl" kompaniyasi O‘zbekistonda 50ta AYoQSh quradi, biroq u hali hukumat tomonidan tasdqilanishi kerak. Bu haqda Life nashri xabar berdi.
Kompaniya 2016 yilning noyabrida Toshkent shahrida ilk avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasini (AYoQSh) qurgan. Manbaga ko‘ra, yoqilg‘i Rossiyadan yetkazilgan.
Ma'lumotlarda ta'kidlanishicha, "Lukoyl" O‘zbekistonda umumiy hisobda 50 ta AYoQSh ochishni rejalashtirgan. Biroq yoqilig‘ini Rossiyadagi neftni qayta ishlovchi zavodlardan mahalliy nuqtalarga yetkazishning o‘zi juda qimmatga tushadi. Mahalliy AYoQShlarda yoqilg‘i xaridi ham xuddi shunday.
Yoqilg‘ini Qozog‘iston orqali quvurda o‘tkazish varianti ko‘rib chiqilmoqda.
Xabarda yozilishicha, "Lukoyl" bunga tayyorgarlikni boshlab yuborgan. Buning uchun "O‘zbekneftgaz" bilan tolling sxemasi bo‘yicha neftni yoqilg‘iga aylantirish va yetkazib berish to‘g‘risidagi dastlabki bitimlar imzolangan.
Biroq manbada ta'kidlanishicha, Energetika vazirligi, "Lukoyl" va "O‘zbekneftgaz" vakillari nashrning savollarini javobsiz qoldirishgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025