Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, yetti kishi halok bo‘lgan
Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi yaqinidagi chorrahada jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” xabar berdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mast holatdagi yigitlar bo‘lgan Jizzax viloyatiga tegishli davlat raqamidagi "Matiz" mashinasi katta tezlikda kelib "Spark" bilan to‘qnashgan. Avtomobillar o‘sha lahzada yo‘l chetidan ketayotgan qizga urilgan.
Hodisa oqibatida "Matiz" ag‘darilgan, "Spark"ning esa old qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Guvohlarning ta'kidlashicha, avtohalokat oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari 7-shahar klinik kasalxonasi o‘likxonasiga olib ketilgan.
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi va tegishli boshqarmalar bu xabar borasida hech qanday izoh bermadi.

Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025