Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klublarga qarshi o‘yinlarda 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan terma jamoa Turkiyadagi yig‘inni yakunladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahridagi qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini yakunladi.
Terma jamoa yig‘in doirasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili «Amkar» klubi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
11 fevral kuni esa O‘zbekiston termasi Armanistonning «Alashkert» klubiga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu o‘yinda terma jamoa bosh murabbiyi asosan yoshlarni sinovdan o‘tkazdi.
Qayd etish joiz, oilaviy sabablarga ko‘ra Ignatiy Nesterov Toshkentga qaytishga majbur bo‘ldi. «Alashkert» bilan o‘yinda esa «Metallurg» posboni Suhrob Sultonov terma jamoa darvozasini qo‘riqladi.

Mazkur yig‘in O‘zbekiston terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Bundan avval terma jamoa 21–24 yanvar kunlari BAAda yig‘in o‘tkazgan edi.
Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.
Mavzuga oid
11:25 / 26.11.2024
Antaliyada yonib ketgan SSJ bilan avvalroq 15 ta aviahodisa yuz bergan
15:32 / 04.10.2023
Antaliyada bozorlarda baqirgan sotuvchilar jarimaga tortilishi belgilandi
07:28 / 17.08.2022
Antaliya - Toshkent yo‘nalishidagi samolyotda besh kishi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi
14:40 / 31.07.2021