O‘zbekiston | 07:28 / 17.08.2022
27764
1 daqiqa o‘qiladi

Antaliya - Toshkent yo‘nalishidagi samolyotda besh kishi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samolyot bortidagi bezorilik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Illyustrativ foto/ Sputnik

Shu yilning 15 iyuli Antaliya - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan NU-372 reysi yo‘lovchilari S.L., S.M., A.Sh., K.T. va K.N. o‘rtasida mojaro yuz bergan.

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular jamiyatda xulq-atvor qoidalariga qasddan beparvolik qilib, havo kemasi bortida bezorilik harakatlari bilan o‘zaro janjal keltirib chiqarib, bir-birlariga yengil tan jarohatlari yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi tomonidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mavzuga oid