Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov ukrainalik siyosatchilarni insofga chaqirish befoyda ekanini ta'kidladi
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Donbassdagi vaziyat yuzasidan Ukraina hukumati vakillarini insofga chaqirish harakatlari befoyda ekanini aytdi.
"Biz "normand formati"da uchrashganimizda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin bilan suhbatlashganmiz. To‘rt tomonlama formatdan tashqari, uchrashuvdagi ishtirokchilarning biri bilan uchrashish imkoni mavjud. Biz u bilan shu masalani (Donbassdagi vaziyat) muhokama qilganmiz. Ikkalamiz ham mazkur muammolarni yengib o‘tishni qo‘llab-quvvatlaganmiz", - dedi Lavrov NTV telekanalidagi "Hafta yakunlari" ("Itogi nedeli") ko‘rsatuviga bergan intervyusida.
Lavrov "qo‘ng‘iroq qilib, insofga chaqirish - vaqtni zoye ketkazish"ga teng ekanini qo‘shimcha qildi.
"Ukrainaliklarning (shu jumladan Klimkin ham) har kuni omma oldida gapirayotgan gaplaridan ularning rusofobiyalashuvidan darak beradi. Ular doim neytral bo‘lishga harakat qilgan YeXHT Maxsus monitoring missiyasining hisobotiga qaramay, hamma narsaga bizni, Donbassni aybdor qilib ko‘rsatishda davom etishmoqda", - deya izoh berdi vazir.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025