Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lester» sho‘ng‘ishda davom etadi, navbatdagi bekat «xavfli hudud»
Angliya chempionatining 25-turi doirasidagi yana bir uchrashuv «Lester» va «Suonsi» o‘rtasida kechdi. Uelsga safar qilgan amaldagi chempionlar navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
O‘yinning 36-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Alfi Mouson hisobni ochdi, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sigurdsonning pasini yana bir himoyachi Martin Olsson golga aylantirdi - 2:0.
Shu hisob o‘yinda saqlanib qoldi.
Raneri shogirdlari joriy yil hisobida APLda g‘alaba qozonmadi. «Lester» joriy yilda «Chelsi» (0:3), «Sauthempton» (0:3), «Byornli» (0:1), «MYu» (0:3) va «Suonsi» (0:2) hisoblarini qayd etdi. Jamoa APLda 540 daqiqadan buyon gol ura olmayapti.
Amaldagi chempionlarni «xavfli hudud»dan 1 o‘rin va 1 ochko ajratib turibdi.
Endilikda «Lester» 16-o‘rindan 17-o‘ringa tushdi (21 ochko), «Suonsi» 17-o‘rindan 15-o‘ringa chiqdi (24 ochko).
Suonsi – Lester 2:0
Gollar: 1:0 – 36 Mouson, 2:0 – 45 Olsson.
Suonsi – Fabianski, Fernandes, Olsson, Noton, Mouson, Kerroll, Kork, Dayyer (Rautledj, 7), Fer, Sigurdsson, Lorente (Ayyu, 72).
Lester – Shmeyxel, Hut, Fuks (Chiluell, 46), Simpson (Amarti, 70), Morgan, Grey, Ndidi, Olbrayton (Slimani, 46), Drinkuoter, Marez, Vardi.
Ogohlantirishlar: Fer (26), Hut (36), Kork (40), Chiluell (57).
Mavzuga oid
19:46 / 30.07.2023
O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ga yutqazdi, «Liverpul» «Lester»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
16:30 / 11.09.2022
«Lester»ning qulashi. Angliyaning 6 yil oldingi chempioniga nima bo‘ldi?
23:29 / 15.05.2021
«Lester» «Chelsi»ni mag‘lub etib, ilk bor Angliya kubogi sohibiga aylandi
13:12 / 28.09.2020