Jamiyat | 21:45 / 13.02.2017
17256
1 daqiqa o‘qiladi

Dengiz otlarining tug‘ruq jarayoni tasvirga olindi

Smithsonian Channel'ning YouTube kanali dengiz otining urg‘ochisi qanday qilib o‘zidan nasl qoldirayotgani tasvirlangan videoni joyladi. Birgina tug‘ish jarayonida ikki mingga yaqin yosh jonivorlar dunyoga kelishi mumkin.

Dengiz otlari (Hippocampus) — ignasimonlar otryadining suyakli baliqlar turkumiga mansubdir. Shuningdek, u hushtaksimonlar (Fistularia) va igna-baliqlar (Syngnathidae) turiga ham kiradi. Urug‘langan tuxumlarni inkubatsiyasi bilan urg‘ochilar shug‘ullanadi. Buning uchun unda maxsus «naslchilik xalta»si — tananing pastki qismida joylashgan kamera mavjud. 
 

Mavzuga oid