Samarqandda 8 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan fojia yuzasidan rasmiy axborot berildi
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Toz qishlog‘idagi xonadonlardan birida 6 fevral kuni baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibidagi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.F.Amonillayev «Kun.uz» saytining shu hodisa yuzasidan so‘roviga javoban hodisa bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.
Unga ko‘ra, Qo‘shrabot tumani, «Toz» mahallasida yashovchi Nurniyozov Abdualimning uyida yong‘in sodir bo‘lgan.
«2017 yilning 6 fevral kuni Qo‘shrabot tumani «Toz» mahallasida yashovchi fuqaro, 1963 yilda tug‘ilgan Nurniyozov Abdualimning yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida uyning 30 kv.m maydondagi tomi, shifti va qisman uy jihozlari zararlangan», deyilgan ma'lumotnomada.
Ma'lum qilinishicha, yong‘in sodir bo‘lgan uyda, yong‘in yetib kelmagan xonadan 8 kishining jasadi topilgan.
Ayni vaqtda sodir bo‘lgan yong‘in va odamlarning o‘limi sabablarini aniqlash uchun Sud-tibbiy ekspertiza byurosiga va Toshkent shahrida joylashgan X.Sulaymonova nomidagi Sud-tibbiy ekspertizasiga hamda viloyat SES boshqarmasiga daliliy ashyolar yuborilgan.
«Ekspertizalarning berilgan xulosalariga ko‘ra sabablar aniqlanadi», deyilgan ma'lumotnomada.
Sayt xodimi bilan suhbatlashgan manbaning aytishicha, oila a'zolari o‘limiga yong‘in to‘g‘ridan-to‘g‘ri sabab emas, jasadlarda kuyish alomatlari yo‘q.
«Marhumlar yoki bo‘g‘ilish, yoki zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin», deydi u.
Voqea ro‘y berganidan 1 hafta o‘tib ham tafsilotlar noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Bundan oldinroq turli manbalar hodisaga gaz balloni portlashi sabab bo‘lgani, oila a'zolari gazdan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgandi.
Mavzuga oid
10:09 / 15.07.2022
Samarqandda bokal bilan urib hamshiraning boshini yorgan bog‘cha mudirasi ishdan bo‘shatildi
09:34 / 14.07.2022
Samarqandda bog‘cha mudirasi metodistning boshini krujka bilan urib yordi
21:29 / 02.03.2021
Qo‘shrabotda SES binosini qurish va ta'mirlashda talon-torojlik fosh etildi
19:23 / 13.11.2020