Unutilishga noloyiq 5 mamlakat valyutasi
Aksariyat odamlar valyuta bozorlari - tavakkal savdo va qisqa muddatli spekulyatsiyalar maskani ekaniga ko‘nikdi. Bozor Tramp davrida dollar kulbitlari, Brexit referendumidan keyin Britaniya funtining tanazzuli va neft narxlari ketidan Rossiya rublining "parvozi"ni kuzatishga o‘rganib qoldi.
Shunga qaramay, ba'zi emitent-mamlakatlar iqtisodiyotining kuchli fundamental ko‘rsatkichlari tufayli ishonchli, uzoq muddatli investitsiya bo‘lishi mumkin bo‘lgan valyutalar ko‘p investorlarning diqqat markazidan tashqarida. InsiderPro unutilishga noloyiq 5 mamlakat valyutasi haqida ma'lumot ulashdi.
Janubiy Koreya vonasi
Janubiy Koreya allaqachon mintaqaning sanoat markazi reputatsiyasiga ega. Samsung, Hyundai va Posco kabi Koreya firmalari mahsulotlari sifatli. Janubiy Koreyaning moliyaviy tizimi ham kuchli: qarzning YaIMga nisbati 39 foizni tashkil qiladi, mamlakat YaIM yiliga 3 foizga oshmoqda, joriy operatsiyalar hisobi profitsiti (daromadlarning xarajatlardan oshishi) 7,7 foizni tashkil qiladi.
Malayziya ringgiti
Malayziya 1957 yilda mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng defoltni ham, 20 foizdan yuqori yillik inflyatsiyani ham boshidan kechirmagan yagona rivojlangan mamlakat hisoblanadi. Malayziya markaziy banki inflyatsiyani past darajada ushlab turishda ajoyib tajribaga ega, xom neft, palma yog‘i, minerallar va boshqa tabiiy resurslar eksporti esa mamlakatga valyuta zaxirasining mustahkam darajasini saqlab qolish imkonini beradi.
Norvegiya kronasi
Norvegiya Yevropadagi eng barqaror valyutaga ega. Neft eksporti, hayotning yuqori darajasi, joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha saldo (9 foiz), qarzning YaIMga nisbati (atigi 39 foiz) tufayli Norvegiya iqtisodiyoti o‘z valyutasi kuchini saqlab qolish va mintaqaning qolgan qismidagi tuzilmaviy muammolardan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Modomiki Norvegiya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmas ekan, yevrohududda vaziyat yomonlashgan taqdirda krona investorlar uchun "boshpana" bo‘lishi mumkin.
Singapur dollari
Shveytsariya banklari boshqa mamlakatlarning moliyaviy hukumatlari uchun shaffoflashganidan buyon Singapur o‘z aktivlarini yashirish va qulay soliq rejimidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar uchun yangi dunyo markaziga aylandi. Daromadlar tengsizligi, stavkalarning oshishi va soliq tizimining qat'iylashuvi o‘sgani sayin, Singapurga xorijiy sarmoya oqimi tezlashadi va bu mahalliy valyutani o‘sishga majbur qiladi. Singapurdagi joriy operatsiyalar hisobining YaIMga nisbatan ijobiy saldosi 19,6 foizni tashkil qiladi. Mamlakat Osiyo iqtisodiyoti rivoji va mintaqaviy turizmning o‘sishidan katta foyda ko‘rdi. Singapur dollari AQSh dollariga nisbatan boshqa aksariyat valyutalardan barqarorroq mustahkamlanmoqda.
Yangi Zelandiya dollari
Yangi Zelandiya dollari yuqorida qayd etilgan barcha valyutalar orasida eng xavfsiz kapital saqlash vositasi hisoblanadi. Yangi Zelandiyaning zaxira banki rivojlangan mamlakatlar (AQShdan tashqari) markaziy banklari orasida yaqin kelajakda foiz stavkasini oshirishni rejalashtirayotgan yagona moliyaviy muassasadir. Mamlakat stavkalarni pasaytirish va iqtisodiyotning shaffofligini oshirish maqsadida soliq qonunchiligi islohotini o‘tkazdi. Bundan tashqari, Yangi Zelandiyada qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eksport darajasi barqarordir.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
20:57 / 08.11.2024
Xitoy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun trillion dollar ajratdi
19:18 / 05.11.2024
O‘zbekistonning 2025 yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar
19:37 / 31.10.2024