Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal»ning yangi murabbiyi kim bo‘ladi: 4 nomzod bor
«Roma» jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Arsenal» boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda Italiyadagi nashrlar xabar tarqatishdi.
Asromalive.it xabariga ko‘ra, «Arsenal» Arsen Venger bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qilgan va uning o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Bundan oldingi xabarlarda, londonliklar jamoasi rahbariyati Massimiliano Allegri («Yuventus»), Leonardu Jardim («Monako») va Tomas Tuxel («Borussiya» Dortmund) nomzodlarini ko‘rib chiqayotgani aytilgandi. Endi ularning qatoriga Spalletti ham qo‘shilgan.
Undan oldinroq «Roma» bilan amaldagi shartnomasi muddati shu yilning yoziga qadar bo‘lgan Spalletti yangi mavsumda «Inter» yoki «Yuventus»da ish boshlashi mumkinligi aytilgandi.
Vengerning shartnomasi muddati ham shu mavsum oxiriga qadar bo‘lib, mutaxassisning o‘zi ham bu shartnomani uzaytirishni istamayapti.
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025