Sport | 13:11 / 14.02.2017
13644
2 daqiqa o‘qiladi

Fedor Yemelyanenko faoliyatini qachon yakunlamoqchi ekanini aytdi

Foto: TASC

Rossiyalik aralash yo‘nalishlar (MMA) bo‘yicha jangchi Fedor Yemelyanenko Bellator tashkiloti bilan shartnomasi muddati yakuniga yetgach, faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda. Sportchining so‘zlarini MmaMania portali keltirgan.

Noyabr oyida 40 yoshli rossiyalik sportchi Bellator bilan bir necha jangga shartnoma imzolagandi. Yemelyanenko ushbu tashkilot doirasidagi keyingi jangini 18-fevral kuni amerikalik Mett Mitrionga qarshi o‘tkazadi.

"Men faoliyatimni Bellator’da yakunlashni xohlardim, - dedi Yemelyanenko. – Shartnomamda belgilangan bandlar bo‘yicha ishlashni istayman. Kishilar bilan munosabatlar men uchun har doim katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan hamda Skoot Koker (tashkilot rahbari) bilan munosabatlarimizni juda qadrlayman".

2015 yilning 14 iyul kuni Yemelyanenko faoliyatini tiklagani haqida ma'lum qildi. U o‘tgan yilning 31 dekabr kuni Yaponiyaning Saytamidagi jangda hindistonlik Jaydip Singxni, 2016 yilning 17-iyun kuni esa Sankt-Peterburgda braziliyalik Fabio Maldonado ustidan g‘alaba qozondi. Yemelyanenko MMA’da umumiy hisobda 40ta jang o‘tkazgan (35 g‘alaba, to‘rt mag‘lubiyat, bir jang shifokorning qarori bilan to‘xtatilgan).

Mavzuga oid