Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fedor Yemelyanenko amerikalik raqibdan nokautga uchradi. Bu uning faoliyatidagi oxirgi jang bo‘ldi
Rossiyalik jangchi og‘ir vazn toifasi bo‘yicha Bellator turniri chempioni bo‘lgan amerikalik Rayan Beyderga yutqazdi. Yemelyanenko 2019 yilda Beyderdan uchralgan mag‘lubiyat uchun revansh ololmadi. O‘shanda ham u nokautga uchragandi.
Rossiyalik jangchi Fedor Yemelyanenko faoliyatidagi so‘nggi jangda amerikalik Rayan Beyderga yutqazdi. Bu AQShning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida bo‘lib o‘tgan Bellator 290 turniridagi asosiy jang edi.
Bellashuv birinchi raunddayoq yakunlanib, 2 daqiqayu 39 soniya davom etdi. Beyder ikkinchi daqiqada rossiyalikni ortga qulatdi. Keyin Yemelyanenko parterda chalqancha yotgan holda zarbalar seriyasini o‘tkazib yubordi va hakam jangni to‘xtatdi.
Shu tariqa, Yemelyanenko Beyderdan og‘ir vazn toifasida Bellator chempionlik kamarini tortib ololmadi.
Bu ushbu rossiyalikning Beyderga qarshi ikkinchi jangi bo‘ldi. 2019 yil yanvarida u og‘ir vazn bo‘yicha Bellator Gran-prisi finalida amerikalik raqibiga qarshi jangning 35-soniyasidayoq nokautga uchragandi. Beyder Yemelyanenkoni ikki bor mag‘lub etgan tarixdagi ilk jangchiga aylandi.
46 yoshli rossiyalik — to‘rt karra Pride FC chempioni va ikki karra RINGS chempioni. U bir necha bor vazn toifasidan qat’i nazar turli versiyalarda eng yaxshi jangchi deb topilgan. U faoliyati davomida 48 jang o‘tkazib (bittasi hisoblanmagan) 40 bor g‘olib bo‘lgan. Avvalroq ushbu MMA afsonasi Beyderga qarshi jang uning faoliyatidagi oxirgi jang bo‘lishini aytgandi. Jangdan keyin ham u ketishini uzil-kesil tasdiqladi.
39 yoshli Beyder endilikda MMA turnirlaridagi g‘alabalari sonini 31 taga yetkazdi, u yetti bor mag‘lubiyatga uchragan, yana bir jangi hisoblanmagan.
Mavzuga oid
22:13 / 25.08.2019
Bir qo‘lli yakkakurash jangchisi Bellator’da ishtirok eta boshladi
10:40 / 27.01.2019
Fyodor Yemelyanenko Bellator gran-prisi finalida nokautga uchradi. Jang 35 soniyada tugadi
16:50 / 21.10.2018
Yemelyanenko Rossiya MMA Uyushmasi prezidentligidan ketdi
10:00 / 14.10.2018