Jahon | 11:52 / 14.02.2017
12807
3 daqiqa o‘qiladi

Fusidaning bayonotidan so‘ng. Kurilni Yaponiyaga topshirish - Kurilni AQShga topshirishdir

Agar Rossiya janubiy Kuril orollarini Yaponiyaga berishga ko‘nsa, bu hududda Amerika va Yaponiyaning xavfsizlik sohasida tuzilgan hamkorlik kelishuvi amalda bo‘ladi. Bunday bayonot Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida tomonidan berildi.

«Bu holatda Yaponiya va AQSh kelishuviga ko‘ra, Yaponiyaning boshqa hududlari kabi kelishuvning 5 moddasi qo‘llanadi», — degan Kisida. Uning aniqlik kiritishicha, kelishuv Vashington Yaponiya hududlarini tashqi dushmanlardan himoya qilishni kafolatlaydi.

Bundan oldinroq, 11 fevral kuni Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev Kuril tizmasidagi beshta nomsiz orolga nomlar berilishi haqidagi farmoyishni imzolagan edi. Ko‘p o‘tmasdan Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga Yaponiya Kuril tizmalaridagi beshta orolga nom berilishi munosabati bilan Rossiyaga norozilik bildirgani haqida ma'lum qildi.

«Bu bizning mamlakatimiz pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi va achinishni keltirib chiqaradi. Diplomatik kanallar orqali 13 fevral kuni Rossiyaga norozilik bildirildi», — dedi Suga.

Yaponiya Kuril tizmasidagi 4ta orolga, RF tarkibidagi orollarga da'vogarlik qiladi va tizmaning janubiy qismini «Yaponiyaning azaliy hududi» deb hisoblaydi. Moskva bu masalada yon bermay kelmoqda.

«Avvaliga tinchlik kelishuvi tuzilishi kerak, keyin deklaratsiya kuchga kiradi [1956 yilgi deklaratsiya] va 2 orol Yaponiyaga beriladi», — degandi Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 13 dekabrida Yaponiyaga tashrifidan oldin.

Moskva va Tokio o‘tgan asr o‘rtalaridan buyon Ikkinchi jahon urushi yakunlari bo‘yicha tinchlik shartnomasini ishlab chiqish masalasida tanaffuslar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda. Bunga Kurilning janubiy qismi kimga tegishliligi muammosi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda.

2016 yil dekabrida Putinning Yaponiyaga tashrifi doirasida ikki tomon Janubiy Kuril orollarida birgalikda xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashga kelishib olgani xabar qilingan edi. Bu sohalar orasida baliqchilik, turizm, sog‘liqni saqlash, ekologiya va boshqa yo‘nalishlar borligi bildirilgan.

Mavzuga oid