Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia "g‘isht" modelini qayta sotuvga chiqarishi mumkin
Nokia brendiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokia 3310 afsonaviy telefonining zamonaviy nusxasini taqdim etdi. Bu haqda gadjyetlar haqidagi insayderlik ma'lumotini tarqatish bilan mashhur bo‘lgan bloger Evan Blass aytib o‘tdi.
Muallifning VentureBeat portalida bergan xabariga ko‘ra, bu telefon MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Telefonning o‘ziga xos jihatlariga oydinlik kiritilmadi, shuningdek modelning fotosurati ham yo‘q, biroq u taxminan 59 yevro atrofida baholanishi xabar qilingan. Muallifning fikricha, o‘zining chidamliligi va batareyasining quvvati bilan tanilgan afsonaviy telefonni muxlislar ikkinchi telefon sifatida ishlatishlari mumkin.
HMD Global ko‘rgazmada 3310’dan tashqari, Android’da ishlovchi ikkita smartfonni ham namoyish etadi. Blassning xabar berishicha, Nokia 3 va Nokia 5 nomiga ega smartfonlarning narxi mos ravishda 149 va 199 yevro bo‘ladi. Ular 2017 yilning 8-yanvar kuni Xitoy bozori uchun taqdim etilgan Nokia 6 smartfonidan hech nimasi bilan qolishmaydi.
2016 yilning 13-dekabr kuni Nokia ikkita oddiy tugmachali telefonni taqdim etgandi. HMD Global yangi modellarni arzon va chidamli telefonlar deb tanishtirdi.
Mavzuga oid
11:16 / 17.01.2025
Nokia smartfonlari sotuvdan olib tashlandi
17:51 / 19.11.2024
Bloomberg: AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome’ni sotishni talab qiladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
23:48 / 06.11.2024