Fan-texnika | 19:10 / 14.02.2017
5538
2 daqiqa o‘qiladi

Opel fransuzlar nazorati ostiga o‘tishi mumkin

PSA Peugeot Citroen guruhi va Amerikaning General Motors konserni Opel kompaniyasining fransuz ishlab chiqaruvchisiga qo‘shilishiga doir muzokaralar olib bormoqda. Reuters agentligi shu haqida xabar berdi

Nashrning PSA Peugeot Citroen guruhidagi manbasi kompaniyada hamkorlikning chuqurlashuvi muhokama qilinayotganini ta'kidlab, muzokaralarni tasdiqladi. Bitim haqida yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi taxmin qilinmoqda. 

2012 yilning martida General Motors konserni va PSA Peugeot Citroen guruhi hamkorlik haqidagi bitimni imzolashdi. Avto ishlab chiqaruvchilarning rejalari Yevropa bozoridagi pozitsiyani yaxshilash uchun guruh va konsernning hamkorlikdagi faoliyatini ko‘zda tugandi. Gap Peugeot, Citroen va Opel rusumlari uchun hamkorlikdagi modellarni ishlab chiqish haqida borgan.

Kompaniyalarning hamkorlikdagi modellaridan biri - Crossland X krossoveri. U Opel avtomobillar qatorida Meriva minveni o‘rnini egalladi. Avtomobil PSA Peugeot Citroen platformasida qurilgan. Keyingi avlod Peugeot 2008 va Citroen C3 Picasso ham shu shassiga asoslanadi. 

Bu General Motors konserni Opel sotuvini ko‘rib chiqayotgan birinchi holat emas. 2009 yilda «Magna-Sberbank» konsorsiumi nemis avto ishlab chiqaruvchisini xarid qilmoqchi bo‘lgan, biroq oxir-oqibat GM aktivni sotmaslikka qaror qilgan. 

Mavzuga oid