Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» bosh murabbiyi o‘yindan keyin: «Hozir juda baxtliman»
«PSJ» klubi bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar ligasining 1/8 finali ilk bahsidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan bahs 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
«Bizning uy stadionimizdagi asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish hamda shu bilan bir qatorda, o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubormaslik edi. Bundan tashqari, biz ishqibozlarga chiroylik o‘yin tortiq etmoqchi edik. O‘ylashimcha, biz buni uddaladik, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Ammo „Barselona“ muxlislari hammasi tugab bo‘ldi, deb o‘ylashmasligi aniq. Ular „Kamp Nou“da juda kuchli. Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, xuddi 0:0 hisobida o‘yinni boshlayotgandek fikrlashimiz kerak.
Men hozir juda baxtliman, sababi jamoa kuchli xarakterni ko‘rsatib, yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ishqibozlarimiz butun bellashuv davomida jamoani qo‘llab-quvvatlab turgani ham ijobiy kayfiyat bag‘ishlaydi», - deya Emerining so‘zlarini keltiradi L`Equipe.
Mavzuga oid
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
13:50 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
10:25 / 30.04.2025
«PSJ» orzu tomon qadam tashladi. «Arsenal» Londonda mag‘lub etildi
16:20 / 29.04.2025