Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terrorizmda ayblagan amerikalik Gruziyada qo‘lga olindi
Terrorizmda ayblangan AQSh fuqarosi Gruziyaning Batumi shahridagi aeroportda qo‘lga olindi. Bu haqda Gruziya IIVga asoslanib, RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
«Tbilisi Interpol xizmati va IIV patrul politsiyasining Ajariya departamenti «Batumi aeroporti» nazorat-o‘tkazish punkti xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan amaliyot natijasida Batumi aeroportida Toshkent Interpoli tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan AQSh fuqarosi, 1978 yilda tug‘ilgan L.K. qo‘lga olindi», – deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati ushbu shaxsni Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bo‘yicha ayblagan: jinoiy guruh tuzish, qo‘poruvchilik harakatlari amalga oshirish, shuningdek, noqonuniy ravishda o‘q-dori saqlash.
Hodisaning boshqa tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:19 / 23.04.2025
AQShda terrorizmda gumonlanib hibsga olinganlar soni 655 foizga oshdi
18:54 / 10.03.2025
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi
17:45 / 08.01.2025
O‘zbekistonda taqiqlangan diniy manbalar va materiallar ro‘yxati e’lon qilindi
19:34 / 27.11.2024