Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘simlikshunoslik barqarorligini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyiha amalga oshiriladi
14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent Davlat Agrar universiteti hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida seminar tashkil etildi. Mazkur seminar "O‘simlikshunoslikni diversifikatsiyalash va barqaror samaradorligini oshirish taqdimoti" qo‘shma loyihasining dastlabki ish faoliyati boshlanishiga bag‘ishlandi.
Qo‘shma loyihaning asosiy maqsadi - hosil olishda tuproqqa ishlov berishning barqaror uslublarini joriy qilishdir. Shuning bilan bir qatorda fermerlar raqobatbardoshliligini oshirish, “sog‘lom” agrotizimlar darajasidagi ekologik xizmatlarni ta'minlagan holda dehqonchilik tizimini diversifikatsiyalashdan iboratdir.

Tadbirda Qonun chiqaruvchi palata deputatlari, tegishli vazirlik, idora va muassasa rahbarlari va mas'ul xodimlari hamda FAO submintaqaviy byurosi vakillari va tashkilotning mamlakatimizdagi ekspertlari ishtirok etdi.
Loyiha doirasida taqdim etiladigan texnik yordam paxta va bug‘doy monokultura tizimi samaradorligini oshirish va diversifikatsiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa qishloq xo‘jaligi unumdorligi va aholi farovonligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. .

Shu bilan birga, barqaror agrar tizimlarni yaratish orqali milliy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-treninglarni o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Kirish seminari doirasida O‘zbekistonda o‘simlikshunoslikni diversifikatsiyalash va uning barqaror samaradorligini oshirishning amaldagi holati, yer va tabiiy boyliklarni asrashga qaratilgan dehqonchilik turlarini o‘z ichiga oluvchi qishloq xo‘jaligi zamonaviy boshqaruv uslublaridan foydalanishning afzalliklari hamda respublikada tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish istiqbollari va qiyinchiliklari xususida batafsil ma'lumot berildi.

Mavzuga oid
16:32 / 19.12.2024
O‘zbekiston Eron bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikni kuchaytiradi
15:00 / 01.04.2021
Qishloq xo‘jaligi tadbirkorining nolasi: yer emas, dehqonning bilimi «sho‘r»
10:32 / 16.02.2021
1 santimetr unumdor tuproq hosil bo‘lishiga yuz yildan ortiq vaqt ketadi - Tuproq tarkibini o‘rganish korxonasi faoliyati bilan tanishuv
20:54 / 22.04.2020