Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Er-xotin 45ta smartfonni qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kirishga urinishdi
Farg‘ona viloyati bojxonachilari er-xotindan 45ta berkitilgan smartfonni topishdi.
Sodiqovlar oilasi O‘zbekistonga “Neksiya” avtomobilida qo‘shni mamlakatdan kirib kelayotgan edi. Bojxonachilar haydovchi va yo‘lovchidan avtomobilni ko‘zdan kechirish uchun salondan chiqishni so‘rashgan.
Ularni ko‘zdan kechirish chog‘ida esa beshta modifikatsiyadagi qiymati 34,5 million so‘m bo‘lgan 45ta smartfon topildi. Sodiqovlar uyali aloqa vositalarini bellariga bog‘lab olgancha, qo‘shni davlatdan olib kirishga urinishgan.
Shuningdek, poytaxt aeroporti bojxonachilari “Seul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro Bahromovning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yishdi. Ushbu shaxs ham bojxona nazoratidan yashirgancha 3 turdagi 35 dona qo‘l telefonini olib kirishni ko‘zlagan edi. Ammo bu reja o‘z vaqtida chipakka chiqarildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
17:02 / 15.05.2025