Jahon | 10:21 / 16.02.2017
3182
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya elektromobillarni quvvatlash markazlarini barpo etishga 300 million yevro ajratadi

Germaniya hukumatining keng qamrovli davlat dasturi doirasida 2017 yil 1 martidan xususiy investorlar va munitsipal hokimiyatlar quvvatlash terminallarini barpo qilish uchun hukumat subsidiyalariga ariza topshirishlari mumkin. 

Ajratilgan 300 mln yevroning uchdan biri qimmat turadigan va elektrokarlarni qisqa vaqtda quvvatlaydigan terminallarni o‘rnatishga sarflanadi. Ulardan 5 ming dona o‘rnatish rejalashtirilgan. Yana 100 million yevro 10 mingta shoxobchadagi oddiy quvvatlash uskunalari uchun xarjlanadi. 

Subsidiya oluvchilarga ikkita asosiy talab ilgari surilmoqda. Unga ko‘ra, terminallar 7/24 tartibida ishlashi va elektrenergiyasini muqobil manbalar (quyosh, shamol energiyasi)dan olishi kerak. 

Nemis to‘lqinining yozishicha, mazkur dastur 2020 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan hamda Germaniyada elektromobillarni ommalashtirishga qaratilgan choralar to‘plamining bir qismi hisoblanadi. Uni GFR hukumati 2016 yilda tasdiqlagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid