Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning Isroildagi elchixonasi Qudusga ko‘chirilishi mumkinligini tasdiqladi
AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh o‘zining Isroildagi elchixonasini Qudusga ko‘chirish masalasini ko‘rib chiqayotganini aytdi, deb xabar bermoqda ABC New telekanali.
Tramp bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan Oq uyda bergan qo‘shma matbuot-anjumanida aytdi.
"Elchixonaning Qudusga ko‘chirilishiga kelsak, men bu yuz berishini juda xohlayman. Biz bu masalani juda qat'iylik bilan ko‘rib chiqmoqdamiz", deb aytdi Tramp.
Tramp AQSh bu masalani "ehtiyotkorlik va sinchkovlik bilan" o‘rganayotganini ta'kidlab o‘tdi.
"Ko‘ramiz, nima yuz beradi", deb qo‘shimcha qilgan Tramp. Ayni vaqtda AQShning Isroildagi elchixonasi Tel-Avivda joylashgan.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025