Jamiyat | 18:27 / 17.02.2017
19909
2 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli va Ronaldu turk serialida suratga tushish istagini bildirdi

Hollivud kinoyulduzi Anjyelina Joli va jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu turk kinoijodkorlarining Bridge of Life ("Hayot ko‘prigi") nomli filmida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda Daily Sabah xabar tarqatgan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, treylerni suratga olish ishlari mamlakat janubidagi Gaziantep viloyati hududida bo‘lib o‘tadi. Serialda Suriyadagi harbiy harakatlar tufayli Turkiyaga kelgan suriyalik qochqinlar oilasi taqdiri hikoya qilinadi. Rejaga ko‘ra, serial 3 mavsumli qilib olinadi.

Kartina direktori Ayub Dirlikning so‘zlariga ko‘ra, bu tarixga "Yoki u yerda qolib halok bo‘lasan, yoki bu yerga kelib yashashda davom etasan" shior qilib olingan. Uning qayd etishicha, Ronaldu va Joli ushbu loyihada ishtirok etishni istayotgan yulduzlar sirasiga kiradi.

Ushbu serialda bosh rolni ijro etadigan turkiyalik aktrisa Perixan Savash serialni suratga olish ishlari mart oyida boshlanishi haqida ma'lum qilgan.

Bundan 10 yilcha muqaddam britan tabloidlarida o‘sha vaqtda "Manchester Yunayted" jamoasi futbolchisi bo‘lgan Ronaldu Jolini o‘z idealidagi ayol deb bilishi haqida aytgani yozilgandi.

Mavzuga oid