Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida muxlislar Sanchesning «Arsenal»dan ketishini so‘rab miting uyushtiradi
Chililik minglab muxlislar o‘z vatandoshlari Aleksis Sanchesning «Arsenal»dan ketishini so‘rab mitingga chiqishni rejalashtirdi. Ular o‘z sevimli futbolchilari londonliklar klubidan ketishi va kuchliroq jamoada ishtirok etishini istamoqda.
«Biz chililik eng yaxshi futbolchining bir o‘zi jamoasini yelkasida ko‘tarib yurishini kuzatishdan charchadik. Biz Sanches „Real“ga o‘tishi yoki „Barselona“ga qaytishini so‘ramayapmiz, biz unga yangi jamoa bo‘yicha maslahatlar bermoqchi ham emasmiz, biz shunchaki Sanches bilan uning 10 nafar jamoadoshi ham natija uchun kurashishini istaymiz.
U yolg‘iz harakat qilishga mahkum bo‘lmasligi kerak», — deya fikr qoldirgan norozilik mitingi ishtirokchilaridan biri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qoldirgan postida.
Miting 1 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 15 fevral kuni YeChL nimchorak finali doirasida «Bavariya»ga qarshi kechgan safar uchrashuvida 1:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025