Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madrid-Kataloniya to‘qnashuvi, alamzada «Barselona» yo‘lidagi autsayder va la-liganing boshqa uchrashuvlari haqida
17 fevral kuni Ispaniya chempionatining 23-tur uchrashuvlariga start beriladi. Tribuna.Uz Yevropaning eng kuchli chempionatlaridan biri tur o‘yinlari anonsi bilan tanishtirib o‘tadi.
Ispaniya la-ligasi, 23-tur
«Granada» - «Betis» (18 fevralga o‘tar kechasi, 00:45)
Ikkala jamoa o‘zaro 45 marta ro‘baro‘ kelishgan. 14ta uchrashuvda «Granada», 21ta uchrashuvda «Betis» g‘alaba qozongan, 10ta uchrashuvda durang qayd qilingan. Jamoalarning so‘nggi to‘rtta o‘yinidan buyon «Granada» raqibini yenga olmayapti. «Granada» uyida kechgan so‘nggi 7 uchrashuvning faqat ikkitasida mezbonlar g‘alaba qozongan.
«Granada» joriy mavsumda mamlakat chempionati doirasidagi so‘nggi 9 uchrashuvdan faqat bitta g‘alabaga erishdi. «Betis» so‘nggi uchta turdan buyon faqat durang natija qayd etmoqda. So‘nggi yetti uchrashuvda jamoa bitta g‘alaba erishgan.
«Sporting Xixon» - «Atletiko» (18 fevral, 17:00, UzReport)
Ikkala jamoa o‘zaro 95 marta ro‘baro‘ kelishgan. 24ta uchrashuvda «Sporting», 47ta uchrashuvda «Atletiko» g‘alaba qozongan, 24ta uchrashuvda durang qayd qilingan. So‘nggi yillarda «Sporting» «Atletiko»ga munosib qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Xixonliklar «Atletiko»ga qarshi so‘nggi beshta o‘yinda 2ta g‘alaba va 1 durangga erishgan.
O‘tgan turda «Sporting» 8 uchrashuvdan iboratsiz g‘alabasiz seriyasi (7 mag‘lubiyat, 1 durang) yakun yasadi va «Leganes» uyidan g‘alaba bilan qaytdi. «Atletiko» chempionat doirasidagi so‘nggi beshta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti, 3ta g‘alaba, 2 durang.
«Real» - «Espanol» (18 fevral, 20:15, UzReport)

Ikkala jamoa o‘zaro 172 uchrashuvda maydonga tushgan. 101ta uchrashuvda «Real», 38ta uchrashuvda «Espanol» g‘alaba qozongan, 33ta uchrashuvda durang qayd qilingan. «Espanol» «qaymoqranglilar»ga qarshi so‘nggi 9 uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchragan. So‘nggi marta jamoa «Real»ni deyarli o‘n yil muqaddam, 2007 yilning oktabrida mag‘lubiyatga uchratgan. Ungacha 21ta uchrashuvning 18tasida imkoniyatni boy berib, durang natija qayd etgan. Madridliklar darvozasiga bu vaqt mobaynida jami 8ta gol kirita olgan xolos.
«Espanol» so‘nggi marta Madridda bundan 21 yil muqaddam g‘alaba qozongan. O‘shanda 1996 yilning aprelida primera doirasidagi uchrashuvda 2:1 hisobida jamoa «Real»dan ustun kelgan.
«Real» chempionat doirasidagi so‘nggi 5ta o‘yinda to‘rtta g‘alaba qozonib, 1 marta mag‘lubiyatga uchragan. «Espanol» hisobida so‘nggi beshta o‘yinda 3ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyat mavjud.
«Deportivo La Korunya» - «Deportivo Alaves» (18 fevral, 22:30)
Ikkala jamoa o‘zaro 51 marta ro‘baro‘ kelishgan. 16ta uchrashuvda «Deportivo», 20ta uchrashuvda «Alaves» g‘alaba qozongan, 15ta uchrashuvda durang qayd qilingan. Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi to‘rtta uchrashuvda (2ta kubok) faqat durang natijalar qayd qilingan. So‘nggi marta «Alaves» La-Korunyadan 2006 yilning yanvarida g‘alaba bilan qaytgan.
«Deportivo» so‘nggi 7 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti (5ta durang, 2 mag‘lubiyat). «Alaves» kubok finaliga yo‘llanma oldi. Ispaniya chempionati doirasidagi so‘nggi to‘rt uchrashuvida faqat «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi.
«Sevilya» - «Eybar» (19 fevralga o‘tar kechasi, 00:45, UzReport)
Ikkala jamoa o‘zaro 11 marta ro‘baro‘ kelishgan. Shularning faqat beshtasi Ispaniya yuqori divizionidagi uchrashuvga to‘g‘ri keladi. «Eybar» Primera doirasida hali biror marta ham «Sevilya»ni mag‘lub eta olmagan — 3ta durang, 2 mag‘lubiyat. Jami uchrashuvlarning 5tasida «Sevilya», faqat 1ta uchrashuvda «Eybar» g‘alaba qozongan, 5ta uchrashuvda durang qayd qilingan.
«Sevilya» Ispaniya chempionatidagi so‘nggi uch uchrashuvdan faqat so‘nggisida g‘alaba qozondi. «Eybar» esa so‘nggi to‘rtta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. So‘nggi ikkita uchrashuvda jamoa jami 8:0 hisobida g‘alaba qozondi.
«Real Sosedad» - «Vilyarreal» (19 fevral, 16:00, UzReport)
Ikkala jamoa o‘zaro rasmiy uchrashuvlarda 33 marta ro‘baro‘ kelishgan. 7ta uchrashuvda «Real Sosedad», 13ta uchrashuvda «Vilyarreal» g‘alaba qozongan, 14ta uchrashuvda durang qayd qilingan. «Vilyarreal» «Real Sosedad» uyida kechgan so‘nggi 8 uchrashuvning faqat bittasidagina mag‘lubiyatga uchragan. Bu mag‘lubiyat ham shu yilning boshida kubok doirasidagi uchrashuvda sodir bo‘ldi.
«Sosedad» so‘nggi beshta uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozongan. Jamoa faqat Madridda «Real»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. «Vilyarreal» La-ligadagi so‘nggi olti uchrashuvda faqatgina bir marta g‘alaba qozondi va YeChL yo‘llanmasi uchun kurashdan deyarli chiqib ketdi. Yevropa ligasida ham jamoa «Roma»dan o‘z uyida qaqshatqich zarba qabul qilib oldi.
«Valensiya» - «Atletik» (19 fevral, 20:15)
Ikkala jamoa o‘zaro 169 marta ro‘baro‘ kelishgan. Qizig‘i bu uchrashuvlarning faqatgina 4tasi kubok, 2tasi esa Yevropa ligasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan 163 uchrashuvning barchasi Ispaniya oliy divizionidagi o‘yinlar bo‘lgan. Bu ikki jamoa qarama-qarshiligi tarixida mart oyida 85 yil (!) to‘ladi. Jami bo‘lib, 66ta uchrashuvda «Valensiya», 64ta uchrashuvda «Atletik» g‘alaba qozongan, 39ta uchrashuvda durang qayd qilingan. «Valensiya» Ispaniya chempionatida 8 uchrashuvdan buyon raqibini yenga olmayapti. So‘nggi marta «ko‘rshapalaklar» 2012 yilning oktabrida o‘z uyida kechgan uchrashuvda g‘alaba qozongan.
«Valensiya» so‘nggi uch turdan beri g‘alaba qozona olmayapti. Bungacha jamoa ikkita uchrashuvda ketma-ket g‘alabaga erishgandi. «Atletik» so‘nggi besh uchrashuvda faqatgina «Barselona»ga imkoniyat boy bergan.
«Selta» - «Osasuna» (19 fevral, 22:30)
Ikkala jamoa o‘zaro 61 marta ro‘baro‘ kelishgan. 30ta uchrashuvda «Selta», 23ta uchrashuvda «Osasuna» g‘alaba qozongan, 8ta uchrashuvda durang qayd qilingan. So‘nggi olti uchrashuvda «Osasuna» bir marta g‘alaba qozongan.
«Selta» La-ligadagi so‘nggi to‘rtta uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Yevropa ligasida ham jamoa «Shaxtyor»ga o‘z uyida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Osasuna» esa 8 uchrashuvdan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda.
«Barselona» - «Leganes» (20 fevralga o‘tar kechasi, 00:45, UzReport)
Ikkala jamoa o‘zaro faqatgina 1 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tgan yilning sentabrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Barselona» liganing mutlaq debyutanti uyida 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgandi.
Ketma-ket 10ta uchrashuvdan buyon o‘ta muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotgan «Barselona» hafta o‘rtasida Yevropa Chempionlar ligasida «PSJ»ga qarshi uchrashuvda qaqshatqich zarba qabul qilib oldi va so‘nggi 10 yilda birinchi marta YeChLda hattoki chorak finalga ham chiqa olmaslik xavfi ostida qolmoqda. «Leganes» esa o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘yinlarini davom ettirmoqda. Jamoa so‘nggi 10turda Ispaniyada birorta ham g‘alaba qozona olmadi.
«Malaga» - «Las Palmas» (21 fevralga o‘tar kechasi 00:45)
Ikkala jamoa o‘zaro 25 marta (shulardan 7tasida La-liga doirasida, qolgani quyi divizion uchrashuvlari) ro‘baro‘ kelishgan. 9ta uchrashuvda «Malaga», 7ta uchrashuvda «Las-Palmas» g‘alaba qozongan, 9ta uchrashuvda durang qayd qilingan. So‘nggi olti uchrashuvda «Osasuna» bir marta g‘alaba qozongan. «Las Palmas» so‘nggi marta «Malaga» uyida roppa-rosa 53 yil oldin Segunda (Ispaniya ikkinchi divizioni) doirasidagi uchrashuvda g‘alaba qozona olgan xolos.
«Malaga» barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda so‘nggi 10ta uchrashuvning birortasida ham g‘alaba qozona olmayapti. «Las-Palmas» esa olti uchrashuvda ikkita, (ulardan biri «Atletiko» uyida) g‘alaba, bitta durang natija qayd etgan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
11:33 / 19.05.2025