Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
«Real»da shov-shuvli o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda
                                    
                                Madridning «Real» klubi rahbariyatida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Kataloniyaning El Mundo Deportivo nashri yozib qoldirgan.
Manbaga ko‘ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres o‘z lavozimidan ketishni niyat qilgan. Hozircha u nima sababdan bunday qarorga kelayotgani borasida aniq ma'lumotlar yo‘q.
Xabar qilinishicha, Peres oilaviy sabablar tufayli shunday qarorga kelgan. U «Real»ni yanada rivojlantira olishi mumkin bo‘lgan o‘rinbosar qidirmoqda. U bo‘lajak rahbar klub qoidalariga rioya qilishi, prezident lavozimi uchun kerakli xususiyatlarga ega bo‘lishi va «Santyago Bernabeu» stadionining ta'mirlash ishlarini davom ettirishini istamoqda.
Ma'lumot uchun, Florentino Peres «Real»ga ilk marta 1995 yilda prezident etib saylangan va 2006 yilgacha shu boshqaruvda ishlagandi. Oradan uch yil o‘tib u ikkinchi martda prezidentlikka saylandi va hozirgacha shu lavozimda ishlab kelmoqda.
Peres boshqaruvi paytida «Real», Ispaniya chempionatida 3 marta (2000/01, 2002/03, 2011/2012), Chempionlar ligasida 3 marta (2001/02, 2013-14, 2015-16) va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 2 marta (2014, 2016) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi
18:18 / 09.05.2025