Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlovchi jamg‘arma yaratildi
O‘zbekistonda Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlovchi jamg‘arma yaratildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 fevralda bu jamg‘arma yaratilishi haqidagi qarorni imzolagan.
Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida yaratilmoqda. Jamg‘arma ta'sischilari sifatida Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston banklar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda bir qator banklar va sug‘urta kompaniyalari chiqmoqda.
Jamg‘arma biznes muhitni va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilmoqda.
Yangi jamg‘arma banklarga kichik tadbirkorlik sub'yektlariga ajratiladigan kreditlarning ularning 50 foizigacha miqdorida garov puli bilan qoplanmagan, biroq 100 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan qismida ta'minlanganlikni taqdim qiladi.
Jamg‘arma kichik biznes sub'yektlariga bank kreditlari ajratish shartlari bo‘yicha va yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni yaratishda yordam beradi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.07.2020
Yanvar-iyun oylarida 46,6 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi
11:37 / 30.04.2020
Uch oyda kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 45,8 foizni tashkil etdi
16:35 / 14.12.2018
Maktablardagi direktor jamg‘armasi mablag‘lari nimalarni moliyalashtirishga sarflanadi?
11:11 / 10.09.2018