Sport | 13:29 / 18.02.2017
13798
2 daqiqa o‘qiladi

Afsonaviy bokschi WBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

2015 yilning sentabrida Rossiya fuqaroligini olgan boks bo‘yicha to‘rt vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni kichik Roy Jons Butunjahon boks federatsiyasi (WBF) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioniga aylandi. U 90,71 kilogramm vazn toifasigacha bo‘lgan 12 raundli bahsda kanadalik Bobbi Ganni 8 raundda texnik nokautga uchratdi.

AQShning Vilmington shahrida kechgan jangning 8 raundida Gann bellashuvni davom ettirishdan bosh tortdi. 48 yoshli Jons esa o‘zining 65 g‘alabasini qo‘lga kiritdi, u shuningdek 9 jangda mag‘lub bo‘lgan.

Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik Roy Jons jahonda to‘rt vazn toifasi: 72,6 kilogrammgacha, 76,2 kg., 79,38 kg va super og‘ir vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan birinchi bokschidir. U 1993-2004 yillarda barcha vazn toiflaridagi eng yaxshi bokschi deb hisoblangan.

Jons Rossiya fuqaroligini olganidan so‘ng o‘tkazgan ilk jangida britaniyalik Entso Makkarinelliga 4 raundda nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi. Shundan so‘ng u ikkita g‘alabani qo‘lga kiritdi - Vayron Fillips va Rodni Mur ustidan.

AQShda qo‘lqoplarsiz musht bilan jang qilish bo‘yicha ko‘proq mashhur bo‘lgan 43 yoshli Gann shu paytga qadar 21 g‘alaba (18tasi nokaut bilan), yettita mag‘lubiyat va bir durang natijaga erishgan. 

Mavzuga oid