Sport | 20:30 / 18.02.2017
17514
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya kubogida sensatsiya. 103 yillik tarixiy natija qayd qilindi

Angliya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv yakunlandi. Unda tarixiy natija qayd qilindi.

Angliya premer-ligasi vakili «Byornli» nufuzi bo‘yicha Angliyaning beshinchi divizioni, oddiy til bilan tushuntirganda Angliya havaskorlar ligasi vakili «Linkoln»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Uchrashuvning 89-daqiqasida kiritilgan yagona gol «Linkoln»ni kubok chorak finaliga olib chiqdi.

So‘nggi marta Angliya kubogi chorak finalida havaskor jamoa bundan 103 yil muqaddam, 1914 yilda yo‘llanma olgandi. Bir asrdan oshiqroq vaqt o‘tib bu ishni «Linkoln» uddaladi.

Angliya kubogi, 1/8 final

Byornli – Linkoln Siti 0:1 (0:0)
Gol: 
Redjyett (89).
Byornli: Hiton, Kin, Flanagan, Tarkovski, Darikva, Arfild, Barton, Vestvud, Gudmundsson (Boyd, 20), Vouks (Barns, 73), Grey.
Linkoln Siti: Farman, Xeberxem, Redjyett, Uoterfoll, Vud, Pauer, Xoukridj (Uord, 81), Vud'yard, Arnold, Rid (Makkomb, 90), Maldun (Sautuell, 64).
Ogohlantirishlar: Pauer (17), Barton (70), Vud (70), Barns (90).

Mavzuga oid