Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozori chaqqon hujumchi uchun kurashga «Real» ham qo‘shildi
Italiyaning «Torino» klubi hujumchisi Andrea Belotti Yevropaning top-klublari nigohini o‘ziga qaratishda davom etmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli italiyalik to‘purarga qiziquvchi jamoalar safiga endi «Real» ham qo‘shildi.
Madrid klubi Belottiga Benzema yoki Morataning o‘rinbosari sifatida qaramoqda. Yuqorida nomi keltirilgan futbolchilardan biri yozda «Real»ni tark etishi taxmin qilingan.
Eslatib o‘tamiz, A seriyaning joriy mavsumida 17ta gol kiritishga ulgurgan futbolchiga hozirda «Bavariya», «MYu», «Arsenal», «Manchester Siti» va «Liverpul» jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. «Torino»hujumchini 100 million yevroga sotishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
12:45 / 27.04.2025
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
02:38 / 03.04.2025