Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Rossiya ayirmachilarga tegishli hujjatlarni tan olishini xalqaro huquqbuzarlik deb atadi
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko tan olinmagan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») va «Lugansk xalq respublikasi» («LXR»)da berilgan hujjatlarning Rossiya tomonidan tan olinishini Rossiya rahbariyati tomonidan xalqaro huquqning buzilishiga isbot ekanligini aytdi. Bu haqda «112 Ukraina» nashri xabar bermoqda.
«Bu men uchun «Rossiya okkupatsiyasi» va Rossiyaning xalqaro huquqbuzarligining navbatdagi isboti hisoblanadi», deb aytdi Poroshenko.
Poroshenko hujjatlarning tan olinishi haqidagi farmonning Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumani o‘tayotgan vaqtda imzolanishini «surbetlik» deb atadi.
Avvalroq Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksandr Turchinov Rossiya tomonidan «Donetsk xalq respublikasi» pasportlarining tan olinishini Rossiyani Minsk jarayonidan chiqishiga tenglashtirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025