Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atambayev: Moskva ham, Vashington ham Qirg‘iziston prezidenti kim bo‘lishini hal qilmaydi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Euronews telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z tashrifi davomida Kreml uchun maqbul bo‘lgan prezidentlikka nomzod ko‘rsatishi haqidagi ma'lumotni “bema'ni” deb atadi.
“Bu haqda ba'zi bir siyosatchilar gapirmoqda, aynan ular mamlakatni shunday bema'ni holatga keltirib qo‘yishdi. Qirg‘iziston o‘z qo‘shnilariga qaram edi, ular gaz, elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yishlari hamda chegaralarni yopib qo‘yishlari mumkin edi. Biz bugun umuman boshqa davlatmiz. Vladimir Putin buning uchun tashrif buyurmayapti. Bizda muhokama qiladigan masalalar yetarlicha. Kim prezident bo‘lishini esa Moskva ham, Vashington ham hal qilmaydi. Menga ishonishingiz mumkin. Bu endilikda boshqa mamlakat, boshqa xalq. Biz o‘z masalalarimizni o‘zimiz hal qilamiz”, - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Almazbek Atambayev.
Ma'lumot uchun, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga fevral oyi oxirida tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025