Fan-texnika | 00:24 / 20.02.2017
5063
1 daqiqa o‘qiladi

Dragon koinot kemasi birinchi marotaba Floridadagi 39A majmuasidan uchirildi

SpaceX kompaniyasi o‘z saytida Dragon koinot yuk kemasining Xalqaro koinot stansiyasiga yuborilganini ma'lum qildi.  

Ma'lum qilinishicha, kema ortilgan Falcon 9 raketa-tashuvchisi Florida shtatidagi  Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgan.

Ta'kidlanishicha, parvoz uchun 2011 yildan beri bunday maqsadlarda ishlatilmagan 39A majmuasidan foydalanilgan.

Avvalroq raketa parvozi startga 13 soniya qolganda bekor qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid