Jahon | 23:25 / 20.02.2017
22657
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Churkinning o‘limi sababi bo‘yicha ilk taxmin bildirildi

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin yurak xuruji natijasida hayotdan ko‘z yumgani aytildi. The New York Post shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, diplomat Rossiya elchixonasi binosida bo‘lgan, mahalliy vaqt bilan soat 9:30lar atrofida u yurak sohasida og‘riq sezgan. 

Vitaliy Churkin zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Biroq shifokorlarning yordamiga qaramay, hayotdan ko‘z yumgan. 

Mavzuga oid