Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferrari yangi superkarni taqdim etmoqchi
Ferrari kompaniyasi Yevropada yangi superkar dizayniga patent oldi. Motor1 nashrining ta'kidlashicha, patentga yuborilgan murojaat tasvirlarida LaFerrari gibridli kupesining noyob nusxasi ko‘rsatilgan.
Yangilik haqida hech qanday qo‘shimcha ma'lumot yo‘q. Faqatgina ushbu tasvirlarga huquq Ferrari’ga tegishli ekani, uning muallifi esa avtomobil ishlab chiqaruvchisining dizayn bo‘yicha vitse-prezidenti Flavio Mantsoni ekani ma'lum, xolos. U markaning F12berlinetta, 488 GTB, California T modellarini ishlab chiqish jarayoniga boshchilik qilgan.

Ferrari LaFerrari modifikatsiyasi qattiq yuza va ochiladigan tom kabi nusxalarda taqdim etilgan. Birinchisi atigi 500 nusxada taqdim etilgan bo‘lsa, ikkinchisi 200 nusxada chiqarilgan.

Ferrari LaFerrari gibridli kuch qurilmasi yordamida harakat keladi. U o‘z ichiga 6,3 litrli V12 dvigateli, elektromotor, litiy-ionli akkumulyatorlar bloki, shuningdek, yetti pog‘onali ikkita ulanish “robot”ini qamrab oladi. Qurilmalar umumiy hisobda 953 ot kuchini beradi.

Ferrari LaFerrari kupesi soatiga yuz kilometrlik tezlikka uch soniyada yetadi. Superkarning maksimal tezligi soatiga 350 kilometrni tashkil etadi.
Mavzuga oid
14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi
15:21 / 14.11.2024
Mixael Shumaxerning so‘nggi Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi
16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi
12:55 / 03.08.2024