Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida bir chamadon iPhone 7 olib kirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari noqonuniy ravishda mahsulot olib kirish bilan shug‘ullanayotgan huquqbuzarlar guruhini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
Xabarda aytilishicha “olingan operativ ma'lumotlar tekshiruvi natijasida Toshkent aeroportida chet eldan kelgan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Ular 37 dona iPhone 7 smartfonini va uch dona HP noutbukini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda, respublika hududiga olib kirishga uringan. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 150 million so‘mni tashkil qiladi”.
Shuningdek, qayd etilishicha, fuqarolar tintuvdan o‘tkazilganda ularning yonidan boshqa fuqarolarga tegishli bo‘lgan 13 dona valyuta plastik kartochkalari topilgan.
“Ushbu ish yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bundan tashqari, jinoyatga aloqador bo‘lgan, kontrabandistlar faoliyatini yashirishga uringan Toshkent aeroporti bojxona xodimlari ustidan ham jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025