Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Jizzaxlik bir guruh ijodkorlar tomonidan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan «Ishonch» deb nomlangan badiiy filmni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Sangzor.uz nashri xabar bermoqda.
Ushbu film “O‘zbekkino” milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi rahbarligida suratga olinadi. Filmning g‘oya muallifi Ravshanbek Yo‘ldoshev, ssenariy muallifi Xanifa Yo‘ldosheva.
“O‘zbekistonni ko‘p yillar boshqargan bu insonni xotirlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkazish bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi”, - deydi g‘oya muallifi R.Yo‘ldoshev.
Ayni paytda mazkur film g‘oyasi O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining №000376 sonli mualliflik huquqi guvohnomasiga ega.
Film rejissyori va aktyorlar haqida batafsil ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025