Fan-texnika | 14:57 / 22.02.2017
6823
2 daqiqa o‘qiladi

Pagani asoschisi maxsus Ferrari superkarini namoyish qildi

Superkarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Pagani firmasi asoschisi Goratsio Pagani Maranellodagi Ferrari zavodidan F12tdf superkarining maxsus ishlangan namunasini qabul qilib oldi. Avtomobil Pagani buyurtmasi asosida yagona nusxada ishlab chiqilgan. Ushbu mashinaning ilk suratlari fevral oyi boshlarida paydo bo‘lgan edi. 

Maxsus Ferrari F12tdf superkarini ishlab chiqish bilan kompaniyaning alohida buyurtmalarini yetkazib beruvchi Tailor-Made bo‘limi shug‘ullangan. Avtomobil kuzovi ham o‘ziga xos tarzda bo‘yalgan, yangi disklar qo‘yilgan. Bundan tashqari, mashina saloniga superkar Goratsio Pagani buyurtmasi asosida ishlab chiqilgani yozilgan.

F12tdf kupesi — bu F12berlinetta modelining kuchaytirilgan namunasi bo‘lib, unga 780 ot kuchiga ega 12 silindrli, 6.3 litr hajmli dvigatel o‘rnatilgan. Avtomatik uzatmalar qutisiga ega mashina 2,9 soniyada «yuz»ga chiqadi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 340 kmni tashkil etadi. Dunyo bo‘yicha F12tdf kupesidan jami 799 dona ishlab chiqilgan.

Ajoyib sportkarlarga qiziquvchi Pagani yanvar oyida Porsche 911 R sportkarini xarid qilgan edi. Tadbirkor mashinasini olish uchn dilerga shaxsan borgandi. 

Mavzuga oid