Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qorong‘uda ham yaxshi ko‘rinadigan yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda
Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash maqsadida yorqin sariq hoshiyali «Piyodalar o‘tish joyi» yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Toshkent IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslangan holda Uz24 xabar bermoqda.
Yorqin sariq hoshiyali bu yo‘l belgisiga nur qaytaruvchi plyonka tortilgan, bundan maqsad belgi kunning qorong‘u vaqtida ham yaxshi ko‘rinishini ta'minlashdir.

Shu kungacha bunda belgilar Keles yo‘li va Mehr ko‘chalari, «Chilonzor» metro bekati yaqinida hamda Kichik halqa yo‘li bo‘ylab o‘rnatilgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, mazkur belgilar o‘rnatilishi shahar ko‘chalarida xavfsizlikni ta'minlash, yo‘lovchilar hayoti va salomatligini asrashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
10:20 / 20.12.2023
Kelesda 4 yashar qizga nisbatan bog‘chada jinsiy tegajog‘lik sodir etilgani aytilmoqda
19:15 / 12.06.2023
“Milliondan ortiq yo‘l belgilarining hammasini onlayn reyestrga kiritish taklif etilmoqda” - adliya mas’uli
21:40 / 07.06.2023
Taqiqlovchi yo‘l belgisi o‘rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi - qonun loyihasi
12:20 / 20.10.2022