AQSh samolyotlari sababli Okinava aholisiga katta tovon puli to‘lanadi

Yaponiyadagi Okinava prefekturasida joylashgan Naxa shahri sudi davlatga uylari AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Kadena aviabazasi yaqinida joylashgan odamlarga shovqin uchun 30 mlrd iyen (264 mln dollar) miqdorida tovon puli to‘lash majburiyatini qo‘ydi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.
Jamoaviy da'vo arizasi 22 mingdan ko‘proq odam tomonidan berilgan. Da'vo qiluvchilarning fikricha, AQSh harbiy samolyotlari parvozlari vaqtida solinadigan shovqin ularning normal hayot kechirishlariga xalaqit qilmoqda va ruhiyatlariga zarar yetkazmoqda.
Shu bilan birga sud aholining bu hududda AQSh harbiy-havo kuchlarining samolyotlari va MV-22 Osprey konvertoplanlari parvozlarini taqiqlash haqidagi talablarini rad etdi.
2016 yil dekabrda Okinavadagi oliy sud instansiyasi okrug sudining Ginovan shahridagi AQShning Futemma harbiy bazasidagi samolyotlar shovqini uchun mahalliy aholiga tovon puli to‘lash haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlagandi.
Okinava Yaponiyaning 0,6 foiz qismini egallaydi, biroq bu yerda Yaponiyada joylashgan barcha AQSh bazalarining 74 foiz maydoni joylashgan.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Mavzuga oid

18:09 / 04.05.2025
Yaponiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni keskin qisqarib ketdi

22:33 / 28.04.2025
Fuji tog‘iga chiqishga uringan xitoylik talaba to‘rt kun ichida ikki marta qutqarildi

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:48 / 22.04.2025