Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaota va Toshkent o‘rtasida tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
23 fevral kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan 16-Hukumatlararo yig‘ilishda Ochilboy Ramatov O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan aloqalarni rivojlantirishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri transport-tranzit tizimi ekanligini alohida qayd etdi.
"Biz bu yo‘nalishda bugungi Hukumatlararo yig‘ilish doirasida do‘stlik tranzitida o‘zaro manfaatli, imtiyozli sharoitlarni yaratishga kelishib olishni maqsad qilganmiz", - dedi O.Ramatov.

"Kun" muxbirining xabar berishicha, O‘zbekiston Qozog‘iston hududiga optik tolalar, meva va sabzavotlar, mineral o‘g‘itlar, rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazish taklifini berdi. O‘z o‘rnida, Qozog‘istondan don mahsulotlarini qabul qilish imkonini ko‘rib chiqilishi qayd etildi.
O.Ramatov yaqin vaqt ichida Toshkent-Samarqand yo‘nalishini Qozog‘istonning Maktaaral tumani orqali bog‘lovchi M-39 avtoyo‘lini ochish bo‘yicha kelishuvga erishishga umid bildirdi. Shuningdek Qozog‘iston tomonning transport sohasidagi yangi takliflarini, xususan, Olmaota-Toshkent o‘rtasida tezyurar poyezdlar va avtobuslarni yo‘lga qo‘yish masalasini diqqat bilan o‘rganib chiqishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025