Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri saraton tufayli vafot etdi
Avstriya sog‘liqni saqlash vaziri Sabina Oberxauzer 23 fevral kuni saraton tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda mahalliy Der Standard nashri.
53 yoshli sotsial-demokrat saraton bilan xastalangani haqida 2015 yilning fevralida xabar topgan. Biroq, shunga qaramay Oberxauzer keng jamoatchilikdan kasalligini sir tutmagan, u avvaliga feysbuk’da bu haqda yozgan, keyinchalik esa rasmiy tadbirga butunlay sochsiz holda kelgan.
Gazetaning xabar berishicha, prezident Aleksandr Van der Bellen Oberxauzer “saraton bilan kurashda mag‘lub bo‘lganidan” afsusda ekanini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Oberxauzer sog‘liqni saqlash vaziri sifatida 2014 yildan berib ishlab kelgan. Kasallik kuchaygach uning lavozimini ijtimoiy masalalar bo‘yicha vazir Alois Shtoger bajara boshladi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025