Toshkent shahridagi biznes markazida yana yong‘in ro‘y berdi (Video)
Bugun, 27 fevral kunining ikkinchi yarmida Toshkent shahridagi «Wyndham Tashkent» mehmonxonasi yonidagi biznes markazida (eski nomi - «Leto bar») yong‘in ro‘y berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda Amir Temur shohko‘chasi va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasida joylashgan binoning yuqori qavatlaridan birida joylashgan xonadan olov va quyuq tutun chiqayotganini ko‘rish mumkin.
Yong‘in ko‘lami va jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Hududdagi yo‘llar vaqtinchalik yopilgan.
«Oloy» bozori yaqinida, YuMS binosi ro‘parasida joylashgan mazkur inshootdagi yong‘in jiddiy bo‘lmagan va tezda bartaraf etilgan. «Kun.uz»ning voqea joyidagi manbasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun 6ta o‘t o‘chirish mashinasi yetib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning sentabrida ham mazkur binoda yong‘in ro‘y bergandi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024