Jahon | 21:55 / 27.02.2017
9574
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya zirhli texnikasini Suriya chegarasiga olib kelmoqda

Turkiya qurolli kuchlarining zirhli texnikalari Gaziantep viloyati janubi-sharqidagi temir yo‘l bekatiga keltirilgan.

Suriya bilan chegaraga «Frot qalqoni» amaliyotida qo‘llanishi nazarda tutilgan 22ta zirhli transport keltirilgan.

Temir yo‘l bekati va zirhli mashinalar kolonnasini qo‘riqlash kuchaytirilgan.

Suriyada Turkiya tomonidan «Frot qalqoni» aksilterror amaliyoti o‘tgan yilning 24 avgustidan buyon olib borilmoqda. Turkiya armiyasining qo‘shni davlat hududiga quruqlikdagi qo‘shinlarini olib kirishi o‘z hududiga xavf solib turgan kuchlarni bartaraf etish maqsadi bilan izohlanadi. Turkiya hukumati o‘z chegaralariga IShID tomonidan mavjud xavfni bartaraf etmoqchi. Amaliyotlar natijasida Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh hududlarini IShID jangarilaridan tozalash maqsad qilingan.

Bundan oldinroq Turkiya prezidenti maslahatchisi Ilnur Chevik turk qo‘shinlari Manbij shahri ozod qilinmagunicha Suriyani tark etmasligi haqida gapirgandi.

Mavzuga oid