Jahon | 09:10 / 27.02.2017
20753
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev qanday qilib Qrim va Donbassni qaytarmoqchi?

Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov TSN’ga bergan intervyusida Donbassni tezlik bilan qaytarish borasida “aniq reja” borligini ma'lum qildi.

- Men ushbu vaziyat yuzasidan ish olib borayotgan diplomatlarimizning aniq rejalari bilan tanishman. Men, xususan amaliyotchi sifatida terrorchilikka qarshi amaliyot (ATO) hududida ko‘p vaqt bo‘ldim, u yerda nimalar yuz berayotganini tushunaman, hamda bunda ishtirok ham etmoqdaman, - deya ta'kidlab o‘tdi Avakov.

“Biz shunday vaqt oralig‘ida turibmizki, bunda ushbu masalani tezkorlik bilan, harbiy emas, balki diplomatik yo‘l orqali hal qilish mumkin”, degan Arsen Avakov Donbassdagi mojaro haqida

Shu bilan bir qatorda, Avakov Kiyev va Moskva munosabatlarining yaxshilanishi rejasi haqida aytgan deputat Andrey Artyomenkoning bayonotini tanqid qildi. Reja Qrimni Rossiya Federatsiyasiga ijaraga berishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid